alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida ommaviy yugurish o‘tkazildi

14:31 12.01.2020

Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tunu kun himoya qilib kelayotgan Vatan himoyachilari, harbiy xizmatchilar, bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlarni har qancha madh etsak arziydi. Xalqimiz, yoshlar, farzandlarimiz harbiy xizmatchilarga – zobit va askarlarga havas bilan qaraydi.


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining  28 yilligi hamda 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon shahrida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida ommaviy yugurish – marafon o‘tkazildi. Umumta’lim maktablari, kollejlar o‘quvchilari va o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar va xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur ommaviy sport tadbirida xalqimiz Vatan himoyachilariga o‘z mehrini, hamisha ular bilan birga ekanliklarini ko‘rsatishdi.


Marafon avvalida tashkilot va muassasalarining vakillari avtomashinalarda o‘z bayroqlari bilan kirib kelishdi. Marafon “Start” chizig‘idan avvalo maktablar jamoalari, keyin kollejlar, oliy ta’lim muassasalari va harbiylar “Finish” tomon yugirishni boshlashdi.


Sport musobaqalarining talabiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.


Faxrli 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallangan marafonchilari tashkilotchilar tomonidan “Diplom” va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.


Marafonda Andijon davlat tibbiyot institutidan yuzdan ziyod talaba va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida faxrli 3-o‘rinning   Andijon davlat tibbiyot instituti vakili Dilyorbek O‘ktamov egalladi.

14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida marafon O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – Armiya va xalq yakdil ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!