alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VELOMARAFON- KUTILMAGAN TAASSUROTLARGA BOY BOʻLDI

21:09 22.06.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Yoshlar oyligi” doirasida xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida Bobur arena sport oʻyingohida velomarafon tashkil etildi. Unda 50 dan ortiq koʻngilli sportsevarlar ishtirok etdi.

Tadbirni Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov ochib berdi va oʻyinchilarga omad tiladi.

Qadrdon velosepedida marra uchun olgʻa intilgan qatnashuvchilarning yodiga bolalik chogʻlar yodga tushgan boʻlsa ajabmas. Bir-birini quvib oʻtayotgan yoshlar qatori xodimlar va professor-oʻqituvchilar ham chaqqonlikda qolishmadilar. Gʻoliblar yoshlar va kattalar oʻrtasida alohida aniqlandi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrin Stomatologiya fakultetining 4-kurs talabasi Ya.Abdullayevga va Stomatologik propedevtika kafedrasining assistenti X.Sadikovga, 2-oʻrin Davolash fakultetining 1-kurs talabasi R.Muxtorovga va institut psixologi Oʻ.Arziqulovga, 3-oʻrin esa Tibbiy kimyo kafedrasining laboratoriya mudiri O.Abdumuxtorovga hamda Klinik farmakologiya assistenti X.Raubjonovga nasib etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!