alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYAT HOKIMI BITIRUVCHI TАLАBАLАR BILАN SUHBАT OLIB BORDI

16:47 17.05.2021

Viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov institutning 100 nafardan ziyod bitiruvchi talaba yoshlari bilan suhbat oʼtkazdi. Unda viloyat Sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari Shohruhmirzo Mamajonov, institut rektori M. Madazimov, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov ham ishtirok etdi.

Viloyat hokimi suhbat davomida dastlab Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentligi raisligida oʼtgan chet tillarni oʼqitishni takomillashtirishga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishida belgilangan vazifalar ijrosi, har bir talaba kamida ikkita chet tilini mukammal bilishi, magistratura va doktaranturaga chet tillarini oʼzlashtirgan yoshlarning qabul qilinishi borasida maʼlumotlar berib oʼtdi. Kun tartibidagi ikkinchi masala bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash borasida boʼldi. Eʼtiborli jihati, viloyat rahbari har bir tuman yoshlarini nazardan chetda qoldirmay, bitiruvchilar bilan birma-bir suhbat olib bordi va muammolari bilan qiziqdi.

Davron Yusufjonov, Bekzod Sultonov kabi hamda Davolash ishi fakulteti oliy hamshiralik ishi yoʼnalishi talabalarining ishga joylashish borasidagi fikrlari bilan oʼrtoqlashdi. Oʼz oʼrnida talabalarning sohada erishilayotgan yutuqlar, talabalarning kelgusidagi rejalari borasidagi taklif va mulohazalarini ham tingladi.