alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYAT PROKURATURASI XODIMI ISHTIROKIDA TADBIR O‘TKAZILDI

11:16 08.02.2019

2019 – yil 8- fevral  kuni Andijon  davlat tibbiyot institutida  “Onalar  va bolalar o‘limi bo‘yicha prokuratura taqdimnomalari va xizmat tekshiruvi bo‘yicha  ish  yuritish uslublari”  mavzusida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni  ADTI rektori, professor M.Madazimov ochib berdi.


Shundan so‘ng, viloyat prokuraturasi  voyaga etmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘I  SH.Ergashev  so‘zga chiqib,  onalar va bolalar o‘limi bo‘yicha taqdimnomasiga ko‘ra xizmat tekshiruviga jalb etilgan xodimlar   faoliyati  davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida gapirdi.

So‘ngra onalar va bolalar o‘limini oldini olish,bu borada amalga oshirilayotgan ishlar  xususida  institut    professor-o‘qituvchilari   o‘zlarining  takliflarini, fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir yakunida  ADTI rektori M.Madazimov  akusherlik va ginekologiya, pediatriya, psixiatriya kafedrasi o‘qituvchilarining onalar va bolalar o‘limi , yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish kabi noxush holatlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar  rejasini  ishlab-chiqish va  viloyat prokuraturasiga  taqdim  etilishi bo‘yicha  vazifalarni belgilab berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!