alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Viloyatimizda Yoshlar kuni keng nishonlandi

17:13 01.07.2019

2019-yil 30-iyun kuni Andijon shahar Navoiy istirohat bog’ining yozgi amfiteatrida “Yoshlar kuni” munosabati  bilan bayram tadbiri  bo’lib o’tdi. Bayram tadbirida Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov so’zga chiqib, Prezidentimizning yoshlarga yo’llagan bayram tabrigini o’qib eshittirdi. Shundan so’ng,  O’zbekiston  Respublikasi Davlat  madhiyasi yangradi.

Ushbu bayramda Andijon viloyatining barcha shahar- tumanlarining  yoshlari ishtirok etishdi. Bayram tadbirida   Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari faol bo’ldilar. Institut talabalari ijrosidagi “Andijon polkasi” raqsi barchani raqsga chorladi.

Shu kuni viloyatimiz yoshlarini qutlash uchun  elimiz suygan san’atkorlar  tashrif buyurdilar. Ular ijrosidagi dilrabo qo’shiqlar barchaga manzur bo’ldi. Viloyatimiz yoshlari bayramni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!