VODIYNING IKKI VILOYATIDAN 38 NAFAR BEMOR BUTUNLAY SOG‘AYDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Yurtimizning bir yo‘la ikki hududidan: Andijon viloyatidan 7 nafar, Namangan viloyatidan 31 nafar, jami 38 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 119 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 126 nafarga yetdi.

Namanganda sog‘ayganlarning 14 nafari erkak, 17 nafari ayollar bo‘lib, ularning ham barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 106 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 137 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1539 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

96