alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Voleybol bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi

13:09 03.06.2019

2019 -yil  1-iyun kuni ADTI talabalar turar joyidagi sport zalida O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi Andijon viloyat bo‘limi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, institut reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari hamkorlikda  davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning – Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ikkinchi tashabbus ijrosini ta’minlash hamda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati  bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda viloyatimizning barcha tumanlaridan kelgan o‘quvchi qizlardan iborat jamoalar faol qatnashdilar. Voleybol  musobaqasi qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.


Mazkur sport tadbirida Andijon olimpiya zaxiralari maktab-internati  jamoasi 1-, Baliqchi tumanining voleybolchi qizlari 2-, Marhamat tumani jamoasi 3- o‘rinni qo‘lga kiritdilar. G‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alari va  diplomlar taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!