alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor o’qituvchilari hamda shifokor tinglovchilar bilan birgalikda ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil qildilar

18:19 06.05.2019

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining birinchi tashabbusi yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish hamda to’rtinchi tashabbusida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish ko’zda tutilgan.


Mazkur tashabbus bo’yicha  2019 – yil 6-may kuni ADTI Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor o’qituvchilari, shifokor tinglovchilar bilan birgalikda ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil qildilar.

O’tkazilgan tadbir taniqli adib Xalqaro Bobur mukofoti laureati Qamchibek Kenja ijodiga bag’ishlandi.  Tadbirni fakultet dekani tibbiyot fanlari doktori X.X.Tursunov ochib berdi. Shundan so’ng adib Qamchibek Kenja o’zining hayoti va ijodi haqida qisqacha so’zlab berdi. Professor o’qituvchilar va shifokor tinglovchilarga o’zi o’qigan kitoblar haqida gapirib, dildan suhbatlashdi.



Tadbir yakunida taniqli adib Qamchibek Kenja o’z ijodi na’munalaridan ya’ni “Buyuklar izidan”, “Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar”, “Muhabbat badali”, “Hayot hikmatlari” nomli kitoblarini professor o’qituvchilar va shifokor tinglovchilarga sovg’a qildi.
 


Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!