alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o`qituvchilari ommaviy yurish marafoni hamda sport –sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida qatnashdilar

11:13 17.06.2019

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, Ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2019- yil 15-iyun kuni ADTI vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o`qituvchilari ishtirokida ommaviy yurish marafoni o`tkazildi.

Ommaviy yurish marafonida fakultet dekani X.Tursunov hamda barcha yo`nalishlar kafedra professor -o`qituvchilari faol ishtirok etdilar.

Marafondan so’ng, fakultet professor-o‘qituvchilari ADTI jismoniy tarbiya kafedrasiga tashrif buyurdilar. Bu yerda ular  stol tennisi, shaxmat, shashka va boshqa sport turlari bilan shug‘ullandilar.

Shuningdek, pediatriya fakulteti professor-o`qiuvchilari bilan sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka turlari bo`yicha musobaqalashishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!