O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ikkinchisi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, Ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil
11-may kuni ADTI vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor o`qituvchilari ishtirokida ommaviy yurish marafoni o`tkazildi. Ommaviy yurish marafonida fakultet dekani X.Tursunov hamda barcha yo`nalishlar kafedra professor o`qituvchilari faol ishtirok etdilar.