alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor- o’qituvchilari shifokor- tinglovchilar bilan birgalikda ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil qildilar

13:37 29.05.2019

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining birinchisida yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish ko’zda tutilgan. Mazkur tashabbus bo’yicha  2019 – yil 29-may kuni ADTI Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o’qituvchilari shifokor-tinglovchilar bilan birgalikda ma’naviy–ma’rifiy tadbir tashkil qildilar.

Tadbirni fakultet dekani, tibbiyot fanlari doktori X.Tursunov ochib berdi. Shundan so’ng, Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va otorinolaringologiya kafedrasi katta o`qituvchisi N.Madaminova so’zga chiqib, o`zbek adabiyoti namoyandalari – O`zbekiston Xalq yozuvchisi, O`zbekiston Qahramoni Said Ahmad hamda O`zbekiston Xalq yozuvchisi Tohir Malik hayoti va ijodi haqida qisqacha so’zlab berdi.

Kafedra shifokor-tinglovchilari D.Xolbotirova, F.Yulbarsovlar so`zga chiqishib, yuqorida nomlari keltirlilgan o’zbek adiblarning mashhur asarlari to’g’risida ma’lumot berdilar. Shunihgdek, kafedraga sevimli yozuvchilarning  kitoblaridan sovg`a qildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!