alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tomonidan bayram tadbiri o’tkazildi

15:41 06.03.2019

Bugun, 6- mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan institut  Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbiriga institutning bo‘lim boshliqlari,  VMO va QT  fakulteti barcha kafedralarida faoliyat olib borayotgan qadrli ustozlar, faol ayollar va lobar qizlar taklif etildi.
Tadbirni  institut Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani H.Tursunov ochib, mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklar, nozik xilqat sohibalarining oilada va jamiyatda tutgan o‘rni haqida samimiy fikrlarini gapirdi.

Munis onaxonlarimiz, muhtarama va latofatli opa-singillarimiz sha’niga eng  ezgu tilaklarini bildirib,   barcha ayollarni go‘zallik va bahor  ayyomi bilan qizg‘in muborakbod etdi.

Shundan so‘ng, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G‘.To‘ychiev ham so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini nafosat va go‘zallik bayrami bilan tabrikladi.

Bayram tadbirida ustozlik maqomiga erishgan professor-o‘qituvchilar, uzoq yillar fakultet kafedralarida halol va sidqidildan mehnat qilib, ulkan yutuqlarga erishgan faol ayollar nomi alohida tilga olindi hamda  ularga gullar va bayram sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir yakunida dotsentlar Z.Amanova so‘z  olib, barcha ayollar nomidan tadbir tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!