Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

Vrachlar malakasini oshirish va qayta
tayyorlash fakulteti dekani:
Tibbiyot fanlari doktori
XATAM XASANBAEVICH
TURSUNOV
Tel: +99891- 483-87-59

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tarixi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 1984-yil 6-iyuldagi № 864 raqamli buyrug‘iga asosan Andijon Davlat tibbiyot institutida vrachlar malakasini oshirish fakulteti (VMOF) tashkil qilindi. Fakultetga dotsent K.R.Mirzaev dekan etib tayinlandi. Fakultetni asosiy vazifasi Fargona vodiysining Andijon, Fargona, Namangan viloyatlarida faoliyat kursatayotgan tegishli soxa mutaxassislarini malakasini oshirish va sog‘liqni saqlash amaliyotiga zamon talabi darajasida nazariy va amaliy yordam kursatishdan iborat, deb bildirildi. Fakultetni 27-yil mobaynida 7 ta dekan boshqardi: dotsent K.R. Mirzaev (1984 – 1988y), professor T.Z.Jumabaev (1988 – 1998y), dotsent B.E. Begmatov (1998 – 2000y), t.f.d. dotsent K.A.Yusupov (2001-2003y), professor X.T.Musashayxov (2003- 2005y), professor G.M.Xodjimatov (2005-2008y), t.f.d. I.T.To‘xtaboev (2008-2011y), t.f.n., dots. Nazarova G.U. (2012 – 2017yy), xozirgi kunda 2017-yil 7-sentyabr oyidan boshlab fakultetga t.f.d.Tursunov X.X. raxbarlik qilib kelmoqda. Fakultet Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan xamkorlikda ish olib boradi. 1987-yildan fakultetga professor T.Z. Jumaboevning dekan bo‘lib tayinlanishi, fakultetning o‘ziga xos rivojlanish cho‘qqisiga chiqishiga sabab bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash tizimi extiyojlaridan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan xolda keyinchalik yangi kurs va kafedralar tashkil etildi. Farg‘ona vodiysi viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan aloqalar kengaytirildi, talablar o‘rganib chiqilib, mutaxassisliklar bo‘yicha sayyor sikllar tashkil etildi, kafedralar ilmiy saloxiyati kuchaytirildi. Fakultetda yangi oftalmologiya kafedrasi, hamda neanotologiya, anesteziologiya va reanimatsiya kurslari ochildi. Tashkil etilgan yangi o‘quv bazalari jixozlandi. Jonkuyar inson, serg‘ayrat professor T.Z. Jumaboev fakultet tarixiga eng uzoq raxbarlik qilgan fidokor inson, tashkilotchi raxbar sifatida kirib keldi. 1998 yilgacha raxbar sifatida faoliyat ko‘rsatgan bu inson, davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan fertil yoshidagi ayollar sog‘ligini saqlash bo‘yicha juda ko‘plab ishlarni Farg‘ona vodiysi va respublika miqiyosida amalga oshiishda katta xissa qo‘shdi. Institut klinikasi qoshida fertil yoshdagi ayollar ekstragenital kasalliklari bo‘limi, Farg‘ona vodiysi bo‘yicha gepatologiya markazi ochishda tashabbuskor bo‘lib, minglab bemorlar shifo topishida, institut obro‘sini oshirishda kuch g‘ayratini ayamadi. Fakultetning keyingi yillardagi faoliyatini boshqarishda institutimizda ilmiy faoliyat olib borgan dotsent va professorlar B.Begmatov, K. Yusupov, X.T. Musashayxov, G‘.M. Xodjimatov, I. To‘xtaboevlar jonbozlik qildilar. Fakultet faoliyatida sog‘liqni saqlash tizimi extiyojlariga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar yuz berib turganligi uchun, ba’zi kafedra va kurslar yopilib, yangisi ochilib bordi. Shunga monand ravishda professor o‘qituvchilar tarkibida o‘zgarishlar kuzatildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakul’teti (VMOvaQTF) dekani t.f.d. Xatam Xasanbaevich Tursunov xaqida ma’lumotlar: Tibbiyot fanlari doktori X.X.Tursunov 2017-yil 7-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tavsiyasiga ko‘ra va Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining buyrugiga asosan ADTI VMO va QTF ga dekan lavozimiga tayinlandi. X.X.Tursunov 1983-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini imtiyozli tamomlagan bo‘lib,1983-1985 yilda klinik ordinatura;1986-1989 yilda Moskva shaxrida maqsadli aspiranturani muddatidan avval ximoya etgan; 2008-yil 4-dekabrda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazida “14.00.06-Kardiologiya” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi iqlim sharoitlarida asosiy yurak qon –tomir kasalliklarining shakllanishi va kechishinig o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. X.X.Tursunov 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan yetuk oliy toifali kardiolog vrach hisoblanadi. 1995-yildan 2017-yilga qadar X.X.Tursunov kardiologiya bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab keldi. X.X.Tursunov 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan olim va yetuk amaliyot shifokori, hamda prinsipial rahbar sifatida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ishlagan yillari o‘zini ko‘rsatgan. Hozirda yangi lavozimda xam o‘zini ishga obektiv yondashuvi bilan va adolatli rahbar sifatida qisqa vaqtda o‘zini ko‘rsata boshladi.ADTI rektori professor M.M.Madazimovning ko‘rsatmasi va X.X.Tursunovning tashabbusi bilan VMO va QTFda yangi kafedralarga asos solindi. Vodiy vrachlarini ADTI VMO va QTFga o‘z malakasini oshirish va yangi mutaxassisliklar bo‘yicha qayta tayyorlab berish uchun taklif etadi. VMO va QTFga kelgan tinglovchilar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud: “Zamonaviy innovatsion texnologiyalar, maxorat sinflari”, integral ma’ruzalar, xorijiy davlatlaridan kelgan yetuk professorlarning tajribasini o‘rganishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini e’tirof etadi va Vodiy vrachlariga malakali, sifatli hamda eng oxirgi klinik protokollarga, standartlarga asoslangan darslarni yetuk olimlar, tajribali mutaxassislar dars o‘tishini kafolatlaydi va Andijon davlat tibbiyot instituti VMO va QTFga o‘qishga taklif etadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!