alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida kitobxonlik tadbiri

18:13 29.11.2019

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining to`rtinchisida kitobxonlik madaniyatini keng targ`ib etish ko`zda tutilgan.

Mazkur tashabbus bo`yicha  Andijon Davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o’qituvchilari, shifokor-tinglovchilar bilan birgalikda ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil qildilar.

Tadbirda Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli maktabning o`quvchilari qatnashdilar. O`quvchilar O`zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning she’rlaridan va o`zlarining ijod na’munalarini o`qib berdilar.

Tadbir qatnashchilari o`quvchilarning zavqlanib o`qigan she’rlaridan katta ma’naviy ozuqa oldilar. O`quvchilarga fakultet dekani X.X.Tursunov va davolash ishlari bo`yicha mas’uli B.X.Mirzakarimov hamda umumiy amaliyot shifokorlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlsh kafedrasi mudiri G.U.Nazarova tomonidan esdalik sovg`alari berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!