alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida tub burilishlar

17:12 07.02.2020

Andijon davlat tibbiyot  instituti Ilmiy kengashlar zalida institut rektori M.M. Madazimov ishtirokida  Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining navbatdan tashqari ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi.

Kengashda institut ta’lim sifati nazorati boshlig‘i G‘.O‘. To‘ychiev va fakultet dekani X.X. Tursunovlarning fakultet faoliyatining kelgusida kutilayotgan Davlat akkreditatsiya va attestatsiyasiga tayyorgarligi tekshiruv natijalari xulosasi haqida ma’ruza qildilar. Ma’ruzalarda fakultetda qilingan, olib borilayotgan va qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga ochiqlik bilan yondashib, tanqidiy baho berildi.

Ayniqsa, ilmiy yo‘nalish, xalqaro xamkorlik aloqalari, masofaviy ta’lim, elektron tizimga o‘tishda jiddiy kamchiliklar borligi bayon etildi. Ilmiy kengashda institut rektori M.M. Madazimov nutq so‘zladi va fakultet faoliyatida tub burilishlar yuz berayotganini e’tirof etdi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasidan ruxlanib fakultetning barcha professor-o‘qituvchilarini  o‘z ishiga yangicha munosabat bilan yondoshuvga chaqirdi.

Shundan so‘ng professorlardan X.T.Xudoyberdieva, dotsent G.U. Nazarovalar muhokamalarda so‘zga chiqib, “2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da ijobiy ishlar amalga oshishiga va’da berdilar va barchani akkreditatsiya va attestatsiyasiga chaqirdilar.

Dekan X.X.Tursunov barchaga omad tilab kutilayotgan attestatsiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rishga va akkreditatsiyada yuqori baho bilan o‘tishga chaqirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!