Xadjettepe universiteti klinikasi bosh direktori, professor Nucla Ozer talabalar bilan muloqotda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Turkiyaning  Xadjettepe universiteti delegatsiyasining Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi samarali o‘tmoqda.

Xadjettepe universiteti klinikasi bosh direktori, professor Nucla Ozer institut 1-UASHT kafedrasida “Aorta klapani stenozi zamonaviy tashxislash va davolash” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada kafedra xodimlari, magistrlar, klinik ordinatorlar, davolash fakultetining 605-, 606-, 607-, 608-guruh talabalari hamda Fakultativ terapiya kafedrasi xodimlari va magistrlari qatnashdilar.

Professor Nucla Ozer tashrifi davomida davalash fakulteti 6-kurs talabalari bilan “YUIK stenokardiya va miokard infarktini og‘riq sindromini qiyosiy tashxis (klinik, laborator, EKG).UASH taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.

Turkiyalik professor Nucla Ozer xonim 1-UASHT kafedrasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari, talabalar, magistrlar,  klinik ordinatorlar bilan samimiy suhbatda bo‘lib tibbiyotnig turli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi, sohani rivojlantirish bo‘yicha taklif, mulohazalarini bildirdi.

Talabalar suhbat davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Institut jamoasi, talabalar Xadjettepe universiteti klinikasi bosh direktori, professor Nucla Ozer xonimga samimiy tashrifi uchun minnaddorchilik bildirdilar.

74