alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xadjettepe universiteti klinikasi bosh direktori, professor Nucla Ozer xonimning ma’ruzalari boshlandi

13:19 12.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorlari ijrosini ta’minlash, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini mustaxkamlash orqali ularning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish maqsadida Turkiyaning Xadjettepe universitetidan Andijon davlat tibbiyot institutiga taklif etilgan Xadjettepe universiteti klinikasi bosh direktori, professor Nucla Ozer institut Kengashlar zalida o‘z ma’ruzalarini boshladi.

Ma’ruza avvalida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.SH.Arziqulov, 1-UASHT kafedrasi mudiri Z.S.Salaxiddinov tibbiyot sohasida xorijiy hamkorlik aloqalarining ahamiyati xususida fikrlar bildirdilar.

Yurak kasalliklari mavzusiga bag‘ishlangan ma’ruzada pedagog-o‘qituvchilar, institut vrachlar malakasini oshirish fakulteti tinglovchilari, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar ishtirok etishidi.

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkazilgan ma’ruzani ishtirokchilar qiziqish bilan qabul qildilar.

Ma’ruza yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Xadjettepe universiteti klinikasi bosh direktori, professor Nucla Ozer xonimning tashrifi davom etmoqda.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!