alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JONDIR” VATANPARVARLIK OYLIGIDA INSTITUTIMIZ JAMOASINING ISHTIROKI

17:34 24.12.2021

“XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JONDIR” VATANPARVARLIK OYLIGIDA INSTITUTIMIZ JAMOASINING ISHTIROKI

Vatanni yurakdan his qilgan inson unga sadoqat bilan xizmat qiladi. Bu borada biz harbiylarga doimo havas qilganmiz. Yurt koriga yarashni, xalq salomatligini taʼminlashga bel bogʻlagan Andijon davlat tibbiyot institutining “Vatanparvar” yoshlar karvoni Vatanparvarlik oyligi doirasida Andijon shahridagi harbiy qismda boʻldilar.

Harbiy qismda ochiq eshiklar kunida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan koʻrgazma va namoyishlar tashkil etildi. Harbiy xizmatchilar oʻquvchi va talabalarga harbiy texnik qurollar haqida birma-bir maʼlumot berdilar. Talabalarning oʻzlari ham mazkur qurollarni ishlatishni oʻrganib, harbiy jangovorlik ruhini his qildilar.

Harbiy qism hizmatchilari Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari va talabalari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbir ikki qismdan iborat boʻlib, “Vatanga xizmat oliy fazilat” mavzusida seminar oʻtkazildi. Unda harbiy qism komandirining tarbiyaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari F.Sanayev hamda Davolash fakultetining yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.Oʻlmasov Vatanga sadoqat, bugungi kunda harbiy sohada olib borilayotgan ishlar, Qurolli Kuchlarimiz tomonidan xalqaro miqyosda erishilayotgan yutuqlar borasida talaba va oʻquvchilarga maʼlumot berib oʻtdi.

Tadbirning ikkinchi-badiiy qismida xizmatchilar va talabalarning konsert dasturlari namoyish etildi. Harbiy qism orkestr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi taronalari va xizmatchilarning jangovor chiqishlari yoshlarning hayratini oshirdi. Institutimiz iqtidorli talabalari tomonidan esa sheʼrlar va jonli ijrodagi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!