alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xalqaro Bobur mukofoti laureati Qamchibek Kenja bilan usgrashuv

16:27 13.01.2020

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining birinchi tashabbusi yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish hamda to’rtinchi tashabbusida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish ko’zda tutilgan.

Mazkur tashabbus bo’yicha  Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor o’qituvchilari, shifokor tinglovchilar bilan birgalikda ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil qildilar.

O’tkazilgan tadbir taniqli adib Xalqaro Bobur mukofoti laureati Qamchibek Kenja ijodiga bag’ishlandi.  Tadbirni fakultet dekani tibbiyot fanlari doktori X.X.Tursunov ochib berdi.

Shundan so’ng adib Qamchibek Kenja o’zining hayoti va ijodi haqida qisqacha so’zlab berdi: “Qmchibek Kenja Andijon viloyati Izbosgan tumani Gurkurov qishlog‘ida tug‘ilgan.

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘ZMU)ning jurnalistika va filologiya fakultetlarida o‘qigan. 30 dan ortiq sheriy, publistiktik kitoblar, jumladan “Buyuklar izidan”, “Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar”, “Muhabbat badali”, “Hayot hikmatlari” kabi qissalar, “Palaxmon”, “Mashaqqat va jasorat” romanlarining va ko‘plab safarnomalarning muallifidir.”. Professor o‘qituvchilar va shifokor tinglovchilarga o’zi o’qigan kitoblar haqida gapirib, dildan suhbatlashdi.

Suhbat jarayonida Pediatriya fakulteti mudirasi X.T Xudayberdiyeva so‘zga chiqib, shoir qalamiga mansub to‘rtliklardan va o‘zi yozgan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Meni Ruhim tirik” nomli she’rini o‘qib berdilar. Navbatni Tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri N.S.Xakimov olib, adib haqida o‘zining iliq, samimiy fikrlarini bildirdi.

Tadbir yakunida taniqli adib Qamchibek Kenja o‘z ijodi na’munalaridan ya’ni “Buyuklar izidan”, “Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar”, “Muhabbat badali”, “Hayot hikmatlari” nomli kitoblarini professor o’qituvchilar va shifokor tinglovchilarga sovg’a qildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!