alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO EKSPERT TOMONIDAN ILK MAʼRUZA

22:04 25.11.2021

XALQARO EKSPERT TOMONIDAN ILK MAʼRUZA

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi endourologiya markazining maʼruza zalida Endourologiya va urologiyadagi zamonaviy texnologiyalarning xalqaro eksperti, “Aleksandrov” shifoxonasining boʻlim mudiri, akademik I.I.Mechnikov nomidagi Davlat tibbiyot Universiteti urologiya kafedrasi dotsenti O.O.Burlaka  “PBXGni zamonaviy davolash usuli”  mavzusida birinchi maʼruzasini oʻqib eshittirdi. Maʼruzada institutimiz davolash fakultetining  Jarrohlik va urologiya kafedrasi,  VMOFning Endourologiya, endoxirurgiya, urologiya, oftalmologiya va stomatologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari, klinik ordinator, magistr va kursantlari ishtirok etdi. Xalqaro ekspertning maʼruza va seminar-mashgʻulotlari davom etmoqda.