alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO HAMKORLIK  ALOQALAR AMALDA

10:53 29.11.2019

Andijon davlat tibbiyot tibbiyot instituti Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi katta o‘qituvchisi A.S.Pakirdinov va Umumiy jarrohlik kafedrasi  assistenti J.M.Bo‘taboevlar Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida Rossiya meditsina akademiyasida 27-oktyabrdan 25-noyabrgacha malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar.


Safar davomida Sechenov nomli tibbiyot universitetida 7-8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Mejdissiplinarnыy podxod i aktualnыm problemam planovoy i ekstrennoy abdominalnoy xirurgii” mavzusidagi xalqaro kongressda ishtirok etdilar. Kongressda taniqli olim Rossiya fanlar akademigi professor A.F.Chernousov va Angliyalik professor  R.Bittnerlar bilan muloqotda bo‘ldilar.


Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya Meditsina Akademiyasi o‘rtasida telemost orqali professor A.V.Vardanyan “Varikoz xastaligi” mavzusida  ma’ruza tashkil etildi. Safar davomida Sechenov universiteti o‘quv jarayonlari borishi   bilan yaqindan tanishishdi. Rossiya Fanlar Akademiyasining N.N.Bloxin nomli  onkologiya ilmiy markazida, Rossiya Fanlar Akademiyasining A.N.Bakulev nomli  yurak qon-tomir xirurgiyasi ilmiy markazida va S.P.Botkin nomli klinik shifoxonada  zamonaviy  diagnostik tekshiruv va davolash usullari bilan tanishib tashrixlarda ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!