Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 24-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Ukrainaning Xarkov milliy tibbiyot universiteti Bolalar stomatologiyasi, yuz-jag‘ jarrohligi va implantologiyasi kafedrasi dotsenti Aleksey Ogursov tashrif buyurdi. Xorijlik mehmonning tashrifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim, tibbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘risidagi bir qator qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash to‘g‘risidagi buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Ukrainalik mutaxassis institut rektori Madaminjon Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abduraim Arziqulov, Stomatologiya fakulteti dekani Dilshodbek To‘lanov, ortopedik va bolalar jarrohligi kafedarsi mudiri Rustamjon Raimjonov va boshqalar ishtirokida samimiy kutib olindi. Xorijlik mehmon dastlab Simuliyatsion o‘quv markazida olib borilayotgan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Bolalar stomotologiyasi, yuz-jag‘ jarrohligi va implantologiyasi bo‘yicha malakali mutaxassis A.S.Ogursov tashrifi davomida ADTI o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Institutning masofaviy ta’lim tizimi, turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rnatilgan xalqaro aloqalarni qiziqish bilan o‘rganib chiqdi.

Samimiy muloqot davomida M.Madazimov institut klinik shifoxonasi, kafedralar faoliyati, institut talabalari, magistrlari erishayotgan yutuqlar xususida malumot berib o‘tdi.   Ukrainaning Xarkov milliy tibbiyot universiteti dotsenti A.S.Ogursovning ADTIdagi tashrifi davom etmoqda.

Odiljon KARIMOV,
ADTI matbuot kotibi.

227