alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xalqaro hamkorlik istiqbollari

16:43 13.12.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati va Ural davlat tibbiyot universiteti ma’muriyati o‘rtasida onlayn muloqot o‘tkazildi. O‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashkil etilgan onlayn muloqotda Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan institut rektori M.M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov  Ural davlat tibbiyot universiteti tomonidan esa universitet rektori O.P.Kovtun, istiqbolli rivojlantirish va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor M.A.Flyagin, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha prorektor T.V.Borodulina, xalqaro ta’lim va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i D.S.Chechixin, uslubiy boshqarma boshlig‘i N.L.Shkinder ishtirok etdi.

Ikki oliy ta’lim dargohi rahbariyati onlayn uchrashuvida dastlab  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov institut faoliyati, yo‘nalishlari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Institut xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov Andijon davlat tibbiyot instituti hozirda 40 dan ziyod xorijiy tibbiyot muassasalari bilan aloqalar o‘rnatganligi, xalqaro aloqalarning yo‘nalishlari haqida to‘htalib o‘tdi.
Shundan so‘ng Ural davlat tibbiyot universiteti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha prorektor T.V.Borodulina universitet tarixi, ilmiy salohiyati yuzasida ma’lumot berdi.  Ural davlat tibbiyot universiteti rektori O.P.Kovtun Andijon davlat tibbiyot instituti ularning hamkorlik qilish bo‘yicha taklifini qabul qilganliligidan mamnunligini aytib o‘tar ekan, talabalar almashinuvi, shifokorlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Muzokara davomida ikki tomondan ham pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik zarurligi e’tirof etildi, bakalvryat va magistratura yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dastur ochishga kelishib oldilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti va Ural davlat tibbiyot universiteti rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn muloqot oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik kelajakda yanada istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!