Xalqaro jurnallarga ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha о’quv seminari o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 15-16-mart kunlari Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida barcha kafedralarning  professor-o‘qituvchilari ishtirokida  о ‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda institut markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi mudiri Vladimir Alekseevich Aleynik  “Kak napisat i opublikovat  nauchnuyu statyu dlya mejdunarodnogo retsenziruemogo jurnala  SKOPUS”  mavzusida ma’ruza qildi.

U o‘z ma’ruzasida SKORUS nima?, xalqaro jurnallarga  ilmiy maqolalarni qanday yozish kerak, ilmiy mavzudagi maqolalar qanday usullarda tayyorlanadi, ularning xalqaro jurnallarda  chop ettirish yo‘llari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Ma’ruza davomida  professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va  kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

756