alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xalqaro olimpiada g‘oliblari bilan uchrashuv

18:11 17.04.2019

17-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida Rossiya Federatsiyasi Stavropol tibbiyot universitetida Normal fiziologiya fani bo‘yicha hamda Astraxan davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyotda shoshilinch holatlar” bo‘yicha xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov ochib, xalqaro olimpiada g‘oliblarini  muborakbod etdi. Rektor o‘z so‘zida Dog‘istonda  qo‘lga kiritilgan ilk muvaffaqiyatlar bardavom bo‘layotganligini zo‘r quvonch va faxr bilan ta’kidlab, Stavropol va Astraxanda ham institut sharafini munosib himoya qilgan talabalarga, ularning ota-onalariga va ustozlariga minnatdorchilik bildirdi.

Tantanali tadbirda g‘olib jamoalarning rahbarlari Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qahharov, Normal   fiziologiya kafedrasi mudiri A.Xudayberdieva, Bolalar jarrohligi va anesteziologiya reanimatologiya kafedrasi dotsenti Sh.Toshboevlar  va g‘olib talabalar so‘zga chiqishib, safar taassurotlari, olimpiada jarayonlari to‘g‘risida gapirib berdilar.

Tadbir yakunida olimpiada g‘oliblariga sertifikat va  diplomlar, shuningdek, institut rektori M.Madazimov nomiga yo‘llangan  “Tashakkurnoma” topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!