XALQARO ONLAYN KONFERENSIYA O’TKAZILDI

image_pdfYuklab olish (pdf)

22 yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Yukumli kasalliklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan «Sifatli vaksinoprofilaktikadan effektiv terapiyagacha» mvzusida on-line xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanni ADTI rektori, professor  M.M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Pandemiya sharoitida, Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari tomonidan koronavirus infeksiyasini davolash va profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar xaqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, anjuman ochilishida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi rektori, professor A.K.Shadmanov xam qatnashchilarni qutladi.

Ilmiy – amaliy anjumanda Rossiyaning Sankt-Peterburg shaxridagi  A.A.Smorodinsev nomidagi gripp bo‘yicha ITI direktori professor D.A.Lioznov,  Rossiyadagi G.N.Gabrichevskiy nomidagi epidemiologiya ITI direktori o‘rinbosari, professor T.A.Rujensova, Janubiy-Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasi Yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, professor G.N.Aubovalar ishtirok etdi.

Anjumanda chet ellik mutaxassislar pandemiya sharoitida gripp kasalligiga qarshi emlash, COVID 19 ga chalingan bemorlarni ambulator sharoitda davolashga optimal yondashuvlar, xamda bunda xomilador ayollarda kasallikni kechish xususiyatlari masalalari bo‘yicha o‘z ilmiy kuzatuvlari natijalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

 

Anjuman qiziqarli, qizg‘in muzokaralar va yangiliklarga boy bo‘ldi.

82