Xalqaro yozgi maktab talabalari Akvaparkda bo‘ldilar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019- yil 18- iyun kuni  Belarus davlati Gomel davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasi  I.M.Sechenov nomidagi  1-Moskva davlat tibbiyot universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Akto‘be shahridagi  M.Ospanov nomli G‘arbiy-Qozog‘iston davlat tibbiyot universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakulteti, Toshkent Farmatsevtika instituti hamda Samarqand davlat tibbiyot institutidan kelgan 12 nafar talabasi, shuningdek, ADTIning professor-o’qituvchi va talabalari  Andijon  Akvaparkga tashrif buyurdilar.

 

Ular bu maskanda “Odam cho‘kib ketganda birinchi yordam ko‘rsatish” bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar. Tillar,pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Ahmedova tomonidan tashkil etilgan “Favqulotda vaziyatda jabrlanuvchilarga psixologik yordam “ mavzusidagi seminar –treningda faol qatnashdilar.

SHuningdek, “Vodiy gavhari” xalqaro yozgi maktabi talabalari  maroqli dam oldilar.

 

 

721