alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xalqaro yozgi maktab talabalarining yana bir kuni mazmunli o‘tdi

16:56 21.06.2019

Bugun, 21- iyun kuni  xalqaro yozgi maktab talabalari Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv simulyatsion markazida bo‘ldilar.


Belarus davlati Gomel davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasi  I.M.Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat tibbiyot universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Akto‘be shahridagi  M.Ospanov nomli G‘arbiy- Qozog‘iston davlat tibbiyot universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakulteti, Toshkent Farmatsevtika instituti hamda Samarqand davlat tibbiyot institutining    jami 12 nafar talabasi  simulyatsion markazda o‘tgan kunlar mobaynida o‘rganilgan barcha amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linib musobaqalashdilar.


Ular  Yurak-o‘pka reanimatsiyasi, turli jarohatlar va qon ketish, Elektrotravma hamda Krash-sindromi bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini qay darajada ekanligini namoyon etdilar.


Musobaqalar o‘zaro hamjihatlik va faollikda, do‘stona va qiziqarli tarzda o‘tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!