Xalqimizga munosib farzandlar bo‘lamiz

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbek xalqi o‘zining odob-ahloqi, insonparvarligi bilan dunyo xalqlari o‘rtasida alohida xurmat topgan. Xalqimizning kattalarni hurmat qilish, qo‘ni-qo‘shnilarga hamisha ko‘mak berish kabi milliy qadriyatlari, an’analari insoniyatga ibratdir.  Andijon davlat tibbiyot institutida hafta avvalida o‘tkazilgan an’anaviy “Shukronalik” tadbirida xalqimizning go‘zal fazilatlari tilga olindi. Institutning asosiy binosidagi “Shukronalik” tadbirini  farmakologiya va klinik farmakologiya xodimlari o‘tkazdilar. Tadbirda kafedraning katta o‘qituvchisi D.Boltabaeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi nashrdan chiqqan “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” nomli asarini haqida ma’ruza qildi.

Institut klinikasi binosida  Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik  kafedrasi tomonidan  «Shukronalik» tadbiri o’tkazildi. Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, shukronalik haqida gapirib o’tdi.

Kafedra mudiri Q.T.Xudoyberdiyev  mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga oid eng muhim yangiliklar, ta’lim va tibbiyot yangiliklari haqida, kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’suli F.Jalilov  institutning tarixi va talabalarga yaratilgan sharoitlar, odob-ahloq qoidalari haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdilar. “Shukronalik” tadbirida ishtirok etganlar xalqimizga munosib farzandlar bo‘lishimiz zarurligini alohida e’tirof etdilar.

 

ADTI axborot xizmati

177