alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xalqimizga sidqidil bilan xizmat qilamiz

19:40 13.02.2020

Andijon viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov yoshlar bilan ochiq muloqot qilish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi doirasida institut ma’muriyati tashabbusi bilan 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash maqsadida ish beruvchilar ishtirokida “Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari yarmarkasi” ham o‘tkazildi. Shuning uchun uchrashuvda Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi  mutasaddilari, tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limlari boshliqlari, viloyatdagi etakchi shifoxonalar bosh shifokorlari ham ishtirok etishdi.

Viloyat hokimi uchrashuv avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar xususida to‘htalib o‘tdi. Har birimiz ma’naviyatimizni yuksaltirishga e’tibor qaratishimiz, Navoiy, Bobur kabi ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va ijodni chuqur o‘rganishimiz zarurligi ta’kidlab o‘tdi.

Vildoyat hokimi «Kelajak bugundan boshlanadi, biz yoshlarimizga ishonamiz!» shiori ostida amalga oshirilgan «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasida ishtirok etgan yoshlar hayot tajribasiga ega bo‘lganliklari, mustaqil ish faoliyati davomida o‘rgangan masalalar yuzasida mustaqil fikr-mulohazalar bildirishganligidan mamnunligi bildirdi. Mazkur tashabbusni davom ettirib Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan viloyatdagi tibbiyot muassasalarining mas’ul lavozimlarga tayinlash taklifini bildirdi. Tibbiyot muassasalari mas’ul lavozimlariga tayinlangan talaba-yoshlar tibbiyot sifatini yanada yaxshilashga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdi.  Andijon viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida o‘quv dargohlarida ta’lim samardorligini oshirish, zamonaviy o‘quv jihozlari  bilan to‘la ta’minlash, yoshlar o‘rtasida erta nikohlarni oldini olish yuzasidan fikrlar bildirdi, yosh oilalarning nikohi buzilishi sabablarini achinish bilan aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abdurahmanov so‘zga chiqib viloyatimiz  tibbiyot muaasasalaridagi  bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida, tor mutaxassislarga, UAShga bo‘lgan talablar, shuningdek, xususiy sektordagi imkoniyatlar, bitiruvchilarga yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

Viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov Andijon davlat tibbiyot  instituti bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanganligini birma-bir o‘rganib chiqdi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan mutaxassislarning ishga, ertangi kunga munosabati xususida qizg‘in va samimiy suhbatlashdi. Ish beruvchilar bilan bitiruvchilar ochiq muloqotda bo‘lishib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berdilar. Bitiruvchilar kerakli ma’lumotlarga, aniq ish joyiga ega bo‘ldilar.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi bitiruvchi yoshlarni o‘ylatirayotgan masalalar xususida qiziqdi. Talabalar viloyat hokimiga joylardagi tibbiyot muassasalariga zarur bo‘lgan zamonaviy tibbiy apparatlar, tibbiyot yo‘nalishida o‘quv kurslarini tashkil etish, tibbiy xizmat ko‘lamini kengaytirish xususidagi savollari  bilan murojaat qildilar, masalalar shu joyni o‘zida hal etildi.

Andijon viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonovning Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti mazmunli va samarali bo‘ldi. Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar yetuk shifokorlar bo‘lib xalqimizga sidqidil bilan xizmat qilishga va’da berdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!