alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XARKOV MILLIY TIBBIYOT UNIVERSITETI MUTAXASSISI INSTITUTIMIZDA

14:58 15.12.2021

XARKOV MILLIY TIBBIYOT UNIVERSITETI MUTAXASSISI INSTITUTIMIZDA

Ayni damda Xarkov milliy tibbiyot universiteti mutaxassisi Nataliia Makiyeiyeva Andijon davlat tibbiyot institutida hamkorlikdagi amaliy jarayonlarini olib bormoqda. Dastavval Xalqaro aloqalar boʻlimida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov rahbarligida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda har ikki oliy oʻquv yurtidagi dars jarayonlari, talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari, hamkorlikda olib borilayotgan darslarning sifati va samarasi, kelgusidagi istiqbolli rejalar borasida fikr almashildi.

Hozirda xorijiy mutaxassis ishtirokida talabalar, magistrlar va professor-oʻqituvchilar va xodimlar uchun integral maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar, master-klasslar oʻtkazilmoqda.

Bu borada keyingi xabarlamizda batafsil ma’lumotlar berib boramiz.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!