alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«XONOBOD TAROVATI-2019» FESTIVALI TAASSUROTLARI

18:20 06.05.2019

Go‘zal tabiati bilan boshqa go‘shalardan ajralib turadigan Xonobod shahriga bejizga  “O‘zbekiston Shveysariyasi” deb nom berilmagan. 2019-yil 6-may kuni Xonobod shahrida  “Xonobod tarovati” an’anaviy yoshlar festivali tashkil etilib, tantana doirasidan “Do‘ppi sayli” ham o‘rin oldi.

Shu kuni tong sahardan yuzlab yurtdoshlarimiz qatori ADTI professor-o‘qituvchilari va talabalari ham festivalda ishtirok etish uchun shoshildilar. Shaharga kiraverishdan boshlangan Xonobod ko‘chasi bo‘ylab  viloyat hokimligi vakillari, oliy  va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari, talaba va o‘quvchilar milliy libos va do‘ppilar kiyib ommaviy yurish saylini boshladilar.

Yoshlik, go‘zallik va navqironlik  nashidasini surib, dadil odimlab borayotgan  yurtdoshglarimiz  va yoshlarimizning yuz ko‘zlarida quvonch, shodu xurramlik mujassam edi. Talabalar, o‘quvchilar, murabbiy-ustozlar,  g‘ayrat-shijoat va shaxdam qadamlar bilan yurishlari xonobodliklar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.


Bayram festivalida ADTI rektori M.Madazimov, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov, yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor P.Asxanov, barcha fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdilar.

Xonobod shahri markazidagi sahnadan taralgan kuy-navolar, sho‘x raqslar bayram ishtirokchilarining kayfiyatlarini yanada ko‘tarib yubordi. Festivalni Xonobod shahar hokimi M.Mamadaliev ochib, an’anaviy bayram tantanasiga barchani taklif etdi. Tantanaga tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.


Festival doirasida milliy hunarmandchilik namunalari, amaliy ishlar ko‘rgazmalari, shuningdek, Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar navbatma-navbat namoyish etildi.

ADTI Axborot –resurs markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan “Yangi adabiyotlar”, “Shifokor ustozlar hikmatlari”  kitoblar ko‘rgazmasi, professor-ustozlar kitoblar mutolaasi, institut xotin-qizlar qo‘mitasining milliy liboslar ko‘rgazmalari barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Festivalga O‘zbekiston Xalq artisti T.Beknazarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist O.G‘ozieva, O‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori A.Sobirov va boshqa mehmonlar tashrif buyurib, hamyurtlarimiz bilan dildan suhbatlashdilar va ezgu tilaklarini bildirdilar.


Festival yakunida mehmonlar “Fozilmon ota” qadamjosini ziyorat qildilar va  bir piyola choy ustida miriqib dam oldilar.


“Xonobod tarovati” festivali bilan bog‘liq taassurotlar yurtdoshlarimiz va mehmonlar qalbida bir umrga  muhrlanib qoldi.          

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!