Xonobodda “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan festival o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Xonobod shahrida   “Besh tashabbus bilan-kelajak sari” loyiha doirasida “26 iyun-Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan festival bo‘lib o‘tdi.

O‘zining betakror go‘zalligi,so‘lim tabiati, yashillikka burkangan xushmanzara maskanlari bilan tillarda doston   Xonobod shahriga bugun minglab yurtdoshlarimiz yig‘ildilar.

Mazkur festivalda viloyatimizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov, talabalar, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari ham qatnashdilar.

Festivalda ishtirok etgan barcha  korxona va tashkilotlar, muassasa vakillari, mehmonlar va yoshlar faqat  bir maqsadni – “Giyohvandlikka qarshimiz” g‘oyasini ilgari surdilar.

Tadbir doirasida giyohvandlikka qarshi kurashni targ‘ib etuvchi rasmlar ko‘rgazmasi,  velomarafon, yugurish, yakka kurash  bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Shu kuni yoshlar  Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish qildilar.

266