alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJIY OLIM ISHTIROKIDA INTEGRAL MASHG‘ULOT

14:08 27.09.2019

Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy Kengashlar zalida “Ortodontiyaning dolzarb muammolari” mavzusida halqaro olimlar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Xarkov milliy meditsina universiteti Bolalar stomatologiyasi, bolalar yuz-jag‘ jarrohligi va implantologiya kafedrasi dotsenti A.S.Ogursov ishtirok etdi.
Anjumanni ADTI stomatologiya fakulteti dekani, dotsent D.Sh.Tulanov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Fakultet dekani o‘z so‘zida ortodontiya sohasi zamonaviy stomatologiyaning ajralmas qismi ekanligini ta’kidladi, shuningdek bugungi kunda tish-jag‘ sohasi anomaliya va deformatsiyalarining ortib borayotganligini inobatga olsak, ortodontiya sohasining oldida muhim muammolar o‘z yechimini kutib turganligini ta’kidlab o‘tdi.

Anjumanda Xarkov milliy meditsina universiteti Bolalar stomatologiyasi, bolalar yuz-jag‘ jarrohligi va implantologiya kafedrasi dotsenti A.S.Ogursov “Брекетная система в современной стоматологии” mavzusida, stomatologiya fakulteti dekani, dotsent D.Sh.Tulanov “Ortognatik jarrohlikning yutuqlari”, Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri R.R.Raimjonov “Ortodontiyada antropometrik tekshiruvlarni o‘tkazishda yangicha yondashuvlar”, Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi assistenti I.X.Ismoilov “Olib qo‘yiladigan zamonaviy ortodontik apparatlar” mavzularida ma’ruzalar o‘qidilar. Anjuman ishtirokchilari – shifokor-stomatologlar uchun Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

ADTI Gospital va klinik stomatologiya kafedrasining ma’ruzalar zalida stomatologiya fakultetining 5-kurs 508-guruh talabalari uchun Xarkov milliy meditsina universiteti Bolalar stomatologiyasi, bolalar yuz-jag‘ jarrohligi va implantologiya kafedrasi dotsenti O.S.Ogursov, Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri R.R.Raimjonov va kafedrasi assistenti I.X.Ismoilov ishtirokida “Ochiq prikusni davolashda zamonaviy ortodontik apparatlarning qo‘llanilishi” mavzusida integral amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Amaliy mashg‘ulot 2 ta bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqich nazariy qism bo‘lib, unda ochiq prikuslarni etiopatogenezi, klinikasi, turlari, tashxislash va davolash usullari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Darsning 2-bosqichi amaliy shaklda o‘tkazildi. Unda talabalarga ortodontik davolashni rejalashtirishda maxsus elektron dasturlardan foydalanish to‘g‘risida amaliy ko‘nikma o‘rgatildi.
Xarkov milliy meditsina universiteti Bolalar stomatologiyasi, bolalar yuz-jag‘ jarrohligi va implantologiya kafedrasi dotsenti O.S.Ogursovning ADTIga qilgan tashrifi davomida institut stimulyatsion  markazida stomatologiya fakultetining 5-kurs 509-, 510-guruh talabalariga “Zamonaviy olib qo‘yilmaydigan ortodontik apparatlarni qo‘llash” mavzusida mahoart darsi o‘tkazildi. Mahorat darsida o‘quv fantom va mulyajlarida tishlarga breket tizimini qo‘yish amaliyoti o‘tkazildi.

Rustamjon Raimjonov,

ADTI gospital va klinik stomotologiya kafedrasi mudiri

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!