alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xorijiy olim ishtirokida videokonferensiya

09:49 04.12.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti gospital terapiya va endokrinologiya hamda dermatovenerologiya kafedralari hamkorligida institut klinikasi kengashlar zalida ukrainalik olim ishtirokida videokonferensiya  tashkil etildi.

Xalqaro videokonferensiyada gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri t.f.n.,dotsent Sh.Yusupova, professor K.Soliyev, dermatovenerologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor A.Pakirdinov, kafedra assistentlari,  magistrlar klinik ordinatorlar,  VMOF kursantlari,  davolash va pediatriya fakulteti 4-kurs talabalari ishtirok etdilar.


Konferensiyani gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova bugungi taqdimot orqali qatnashchilar endokrinologiya va dermatovenerologiyaning dolzarb muammolaridan bo’lgan kasalliklar haqida yangi ma’lumotlar olinishi haqida kirish so’zi bilan ochib berdi. So’ng Ukrainaning Kiyev shahar klinik endokrinologik markazi umumiy endokrin patologiya va moddalar almashinuvi bo‘limi boshlig‘i tibbiyot fanlari nomzodi K.A.Zuуev o’zining «Endokrin alopetsiya» mavzusidagi taqdimotini o’tkazib berdi.  Taqdimot qisqa kirish so’zi bilan boshlandi. So’ngra u asosiy qism bilan ma’ruzasini davom ettirdi.  Alopetsiya turlari, soch to’kilishiga olib keluvchi kasalliklar haqida ma’lumot berdi.

Taqdimot davomida alopetsiyaga olib keluvchi endokrin kasalliklar, ularning etiopatogenezi,  klinikasi tashxislash va davolsh usullarini tushuntirib berdi.  Kasalliklar haqida yetarli ma’lumotlar keltirdi. Taqdimot davomida qizg’in savol-javoblar bo’lib o’tdi.  Barcha qatnashchilar o’zi uchun yangi ma’lumotlar bilan tanishdilar.  Konferensiya yakunida ikki tomon kelajakdagi aloqalarni yanada kengayitrish, bunday konferensiyalarni tez-tez o’tkazib turishga kelishib oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!