alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJIY TILLAR KAFEDRASI XODIMLARIDAN BAYRAM TADBIRLARI

20:53 21.12.2021

XORIJIY TILLAR KAFEDRASI XODIMLARIDAN BAYRAM TADBIRLARI

Bir ogʻiz shirin soʻz va mehrga intilib yashaymiz. Ayniqsa, piru badavlat otaxon va onalarning duosini olish, ular bilan bir piyola choy ustida suhbat qurish koʻnglimizga taskin beradi. Mana shunday samimiy niyatlarni maqsad qilgan Xorijiy tillar kafedrasi xodimlari “Mehr-muruvvat insoniy fazilat” shiori ostida tadbir tashkil etdilar. Tadbir doirasida “Shifokor” MFY 24-uy, 19-xonadonda yashovchi, 2-guruh nogironi Gulchehra Maqsimovaning xonadonida boʻldilar. Xonadon aʼzolarining holidan xabar olib, dildan suhbatlashdilar.

Shuningdek, mahalla markaziga bezatilgan archa atrofida ham koʻngilochar bayram tadbirini oʻtkazdilar. Quvnoq kuy-qoʻshiqlarga bolajonlar mazza qilib raqsga tushdilar. Tadbir kattayu kichikka zavq va shavq ulashdi.