XORIJLIK BO‘LGUSI SHIFOKORLAR ANDIJONDA TIBBIYOT SIRLARINI O‘RGANMOQDA

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutining xalqaro darajadagi reytingi ortib bormoqda. Buni ayni vaqtda o‘zbekistonlik talabalar qatori 43 nafar chet el fuqarolari mazkur oliygohda tahsil olayotgani ham ko‘rsatib turibdi. Ular orasida Rossiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Afg‘oniston va Qirg‘iziston davlatlaridan kelgan ilmi toliblar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Dunyo ahlini tashvishga solayotgan pandemiya davrida yurtimizda yaratilgan imkoniiyatlardan foydlangan holda tahsil olayotgan turli davlatlarning vakillari xotirjam. O‘z yurtidagi xolat va kasallik tufayli yuzaga kelgan vaziyatdan tinchi buzilgan bo‘lishiga qaramay, bag‘rikeng o‘zbekistonliklarning g‘amxo‘rligidan xursand.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: ularni yurtimizga qanday kuch tortmoqda? O‘zbekistonda bilim olishga qiziqishlarining sababi nimada? Albatta, yaratilgan sharoyit va qulayliklar. Qolaversa, xorijiy davlatlardagi nufuzli oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarining mustahkamlanib borayotgani.

Mamlakatimizda, xususan Andijon davlat tibbiyot institutida yaratilgan keng imkoniyatlar xorijiy talabalar safining kengayishiga olib kelmoqda. Hozirgi pandemiya sharoitida olib borilayotgan onlayin targ‘ibot tadbirlari ijobiy samara bermoqda.

Kuni kecha xorijiy fuqarolarning talablariga asosan Janubiy koreyalik yoshlar bilan tashkil etilgan masofaviy muloqotda koreyalik abiturientlar vatanimiz haqidagi fikrlarini bildirish barobarida yurtimizda ta’lim olish istagini bildirdilar. Ular uchun xujjatlarni onlayn tarzda qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

Kezi kelganda xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amaldagi o‘quv yilidayangi qadamlar qo‘yilganini aytib o‘tish o‘rinli. Germaniyaning yetakchi Rostok universiteti  bilantibbiyot biotexnologiyasi, Rossiya Federatsiyasining Ural davlat tibbiyot universiteti bilanpediatriya ishi va Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilanstomatologiya yo‘nalishida ko‘shma ta’lim dasturlari imzolandi. Bu o‘z o‘zidan xalqaro hamkorlik munosabatlarining kengayib borayotgani va Andijon tibbiyot ilmiga xorijliklarning ishonchini ko‘rsatadi.

Akbarjon NAZAROV,

Rustamjon ESHONOV.

Manba: auz.uz

211