alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xorijlik mutaxassis talabalardan mamnun

08:52 08.11.2019

Andijon davlat tibbiyot  institutiga G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti Anatomiya va Operativ jarrohlik kafedrasi dotsenti Klara Batenovna Darjanova akademik mobillik bo‘yicha tashrif buyurdi. Tashrif davomida  talabalar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar, maruzalar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasida o’tgan mashg‘ulotlarda davolash fakulteti 314-gurux talabalari, tibbiyot injenerligi oliygohlararo dasturi 1-boskich magistrlari, kafedra mudiri Z.A.Kahharov, dotsent  G.J.Ulug‘bekova va assistent S.S.Abduvorisovalar qatnashdilar.

Amaliy mashg‘ulot darsi noan’anaviy savol-javob tarzida o‘tkazildi. Mashg‘ulotda talabalar faol ishtirok etishdi. Mashg‘ulot yakunida Klara Batenovna Darjanova talabalardan mamnun bo‘lib, ular mashg‘ulotlarga faol va ziyrak yondashganligi, oliygohimizda talabalar puxta bilim olishlari uchun juda yuqori saviyada sharoitlar yaratilganligi haqida ijobiy fikrlar bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!