alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xotin-qizlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi tanlovi g‘oliblari

14:30 26.12.2018

2018- yil 26- dekabr kuni  «O‘zbekiston  ayollarining  100 ta eng yaxshi  innovatsion  loyihasi»  respublika  ko‘rik- tanlovi  viloyat bosqichi o‘tkazildi.  Tadbirda  Andijon  davlat tibbiyot instituti  professor-o‘qituvchilari,  doktorantlar,  mustaqil  izlanuvchilar, iqtidorli  talabalar  o‘zlarining  loyihalari  bilan  faol  qatnashdilar.  Jumladan,  institut  dotsenti  M.Jo‘raeva,  onkologiya  va  tibbiy radiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi   D. Urmanbaeva, mustaqil izlanuvchi  G. Muminova,  assistent   Sh.Atajanova,  davolash fakulteti  4- kurs talabasi  F.Bazarova,, pediatriya fakulteti  2 -kurs  talabasi  S.Egamberdievalar  o‘zlarining yangi innovatsion  g‘oyalari  bilan  ishtirok  etdilar. 
Ko‘rik-  tanlov  yakuniga  ko‘ra  «Eng yaxshi ixtiro»  nominatsiyasi bo‘yicha    M. Jo‘raeva,  «Eng yaxshi EHM dasturi»  nominatsiyasi  bo‘yicha   D.Urmanbaeva hamda 4-kurs talabasi F. Bazarova, “Eng yaxshi  foydali model” nominatsiyasi bo‘yicha  Sh.Atajonova, “Eng yaxshi   innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha G.Mo‘minovalar g‘olib bo‘ldilar va respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.Faxrli o‘rin sohibalari diplom va esdalik sovg‘alar bilan  taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!