alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xotira darsi

11:07 31.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsi” o‘tkazildi.

Xotira tadbirini institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov ochdi va O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov etuk shaxs, siyosiy etakchi sifatida mamlakatimizning  ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalarni mustahkamlash va rivojlantirishi borasida ulkan ishlarni amalga oshirganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talablarga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va mehnat faoliyati aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon davlat tibbiyot institut psixologi O‘.Arziqulov so‘z olib Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov  mamlakatning keng qamrovli ijtimoiy sohasi va uning  tarkibida ta’lim-tarbiya, barkamol avlod tarbiyasiga  alohida e’tibor qaratganligi, yoshlarni hamisha qo‘llab-quvvatlaganligini aytib o‘tdi.

Xotira tadbirida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet dekan o‘rinbosarlari U.Karimov, N.Musayev, tarbiyachi pedagoglar R.Sultonov, X.Mahmudovlar ham so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganligi, jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lganligi  xususida so‘z yuritdilar.

“Xotira darsi”da Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi ekanligi takror va takror e’tirof etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!