alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XOTIRA MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

20:02 31.01.2021

Joriy yilning 30 yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida Andijon viloyati sog‘liqni saqlash tizimida samarali mehnat qilgan marhum shifokorlar, Niyazmatov Bahtiyor Ibragimovich hamda Abduvahob Ismoilovlarning yorqin hotirasiga bag‘ishlangan  sportning “voleybol” turi bo‘yicha  musobaqa tashkil etildi.

 
Musobaqada Andijon viloyati tasarrufidagi tumanlarning tibbiyot birlashmalari hodim va hodimalari faol ishtirok etdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlaridan iborat jamoa birinchilikni qo‘lga kiritdi, ikkinchi o‘rinni esa Bo‘ston tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari, uchinchi o‘rinni  Andijon viloyati Silga qarshi kurashish markazi hodimlaridan iborat jamoalar qo‘lga kiritdilar.

Ishtirokchilari va g‘olib jamoalarga Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!