alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XXI asr qandli diabeti: global muammo, lokal yechim

17:21 16.10.2019

Andijon davlat tibbiyot institutining ta’lim samardorligini oshirish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish rejalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat tibbiy stomatologiya universitiyeti endokrinologiya va diabetologiya kafedrasi professori, t.f.d. YE.V.Biryukova hamda Ukraina davlati Kiyev shahar Klinik endokrinologik tibbiy markazi umumiy endokrinologiya va moddalar almashinuvi bo‘limi boshlig‘i K.A.Zuyev ishtirokida ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyani ADTI ilmiy prorektori G‘.M.Xodjimatov qisqacha kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan konferensiyaning mazmun-mohiyati xususida so‘z yurtdi. Shundan so‘ng t.f.n. dotsent Sh.Yusupova so‘zga chiqib, xorijlik mehmonlar bilan tanishtirib o‘tdi va ularga so‘z berdi.

Dastlab so‘z olgan Moskva davlat tibbiy stomatologiya universitiyeti endokrinologiya va diabetologiya kafedrasi professori, t.f.d. YE.V.Biryukova qand kasalligini kelib chiqishi, kasallikni erta aniqlashning ahamiyati, zamonaviy tashxislash, davolash usullari va profilaktikasi  bo‘yicha yangi malumotlar berib o‘tdi.

Kiyev shahar Klinik endokrinologik tibbiy markazi umumiy endokrinologiya va moddalar almashinuvi bo‘limi boshlig‘i K.A.Zuyev Andijondagi tashrifi davomida ko‘rikdan o‘tkazgan bemorlardagi o‘zgarishlar va davolash borasida e’tibor qartish zarur masalalarga to‘htalib o‘tdi. Ma’ruza barcha ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

 
Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etgan Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari endokrinolog shifokorlar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va qoniqarli javoblar oldilar.

Xorijlik olimlar ishtirokida o‘tgan ilmiy-amaliy konferensiya vodiy shifokorlarining kasb mahorati yuksalishida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

ADTI axborot xizmat   

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!