alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YАNGI YIL SOVG‘ALARI ULASHILDI

10:09 27.12.2018

      Yangi yil o‘zining qiziqarli, betakror va ertaknamo sarguzashtlari, kutilmagan mo‘’jizalariyu shu bilan birgalikda  turfa xil sovg‘alari bilan  go‘zal va o‘zgacha bayram. Bu  bayram  ayniqsa bolajonlar  uchun eng  quvonchli   va  unutilmas ayyomdir.  Bayram  arafasida   bolajonlar   albatta turli yangi yil  sovg‘alarini kutadilar.
2018- yil  27  -dekabr kuni  Yangi  yil  bayrami  munosabati  bilan  Andijon davlat tibbiyot institutida faoliyat yuritayotgan barcha  xodimlarning farzandlari  uchun institut rektorati va xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi   tomonidan  Yangi  yil sovg‘alari tarqatildi.

Shuningdek, bolajonlarni bayramni  yaxshi kayfiyat,  xursandchilik va ko‘tarinkilikda  o‘tkazishlari  uchun  ularga Andijon shahridagi Z.M.Bobur nomli viloyat  musiqali  drama   teatrida bo‘lib o‘tadigan “Yangi yil ertagi” spektakliga  bepul  chiptalar berildi. Shuningdek, institutda uzoq yillar faoliyat olib borgan faxriylarimizga ham bayram sovg`alari ulashildi.

Albatta institut ma’muriya tining bunday yuksak e’tiboridan, ularning farzandlari uchun berilgan  bayram tuhfalaridan   barcha  xodimlar birdek  mamnun bo‘ldilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!