alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yаponiyаning "Marubeni korporeyshn" kompaniyasi vakillari Andijonga keldi

13:28 13.11.2018

      2018-yil 13-noyabr kuni Yaponiyaning “Marubeni korporeyshn” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Yasuaki Fudzii  hamda uning  yordamchisi Dilshod Hamidovlar Andijon davlat tibbiyot instituti bazasidagi klinikaga tashrif buyurdilar.

    Shu kuni “Marubeni korporeyshn” kompaniyasi vakillari  ADTI rektori M.Madazimov hamda klinika bosh shifokori B.Rahmonovlar  hamrohligida klinikaning  barcha bo‘limlarida bo‘lishib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan tanishdilar.

    Muloqot chog‘ida  ular o‘zlarining O‘zbekistonga, xususan mamlakatda olib borilayotgan izchil islohotlarga  qiziqishi yuqori ekanligini,  O‘zbekistonning chekka hududlarida joylashgan tibbiyot muassasalarini eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanishida yordam berishlarini bildirdilar.

     Shuningdek, uchrashuv chog‘ida “Marubeni korporeyshn” kompaniyasi tomonidan ADTI klinikasiga 1 mlrd. yena, ya’ni 9,5-10 mln. dollar atrofidagi yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlashga kelishib oldilar. Mazkur kompaniya bilan istiqboldagi hamkorlik aloqalari  rejalashtirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!