alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yakuniy davlat attestatsiyalari bo‘lib o‘tdi

10:50 13.06.2019

Bitiruvchilarning 2018-2019 o‘quv yilida yakuniy davlat attestatsiyasini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019- yil 20- apreldagi 365-sonli buyrug‘iga asosan Andijon davlat tibbiyot institutida yakuniy davlat atttestatsiyalari(YaDA)ni o‘tkazish bo‘yicha institut rektorining 291-T sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra komissiyaga RIA va RIATM katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari doktori R.B.Yusupbaev va Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali direktori, t.f.n. Sh.N.Xatamov, institut professor-o‘qituvchilari hamda viloyat SSV boshqarmasi xodimlari mas’ul etib tayinlandi. Har bir fan bo‘yicha komissiya tarkibiga vodiy bo‘yicha sohaning ilg‘or mutaxassislari, institut professor-o‘qituvchilaridan iborat ekspert guruhi  jalb etildi.

2019-yil 6-iyundan 13-iyungacha Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirdilar. 2019-yil 13-iyun kuni davolash fakultetining 293 nafar va kasb ta’limi yo‘nalishining 26 nafar bitiruvchilari yakuniy sinovdan o’tdilar.

Endilikda nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyodagi nufuzli oliy ta’lim dargohini bitirib, shifokor degan sharafli, shu bilan birga o‘ta mas’uliyatli kasbga ega bo‘lgan bitiruvchilar ustozlaridan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llab, el salomatligini mustahkamlashda, ularga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishda o’z hissalarini qo’shadilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!