alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YAKUNIY NAZORATLARGA QIZG‘IN TAYYORGARLIK KETMOQDA

11:22 10.06.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida  2020 yil 1 aprel kunidan masofaviy ta’lim uchun tashkil qilingan e-univer.adti.uz platformasida onlayn mashg‘ulotlar yakunlanib, baxorgi semestr yakuniy nazorat sinovlariga tayyorgarlik jarayoni ketmoqda.

Institut rektorati va professor-o‘qituvchilari sayi xarakati tufayli  masofaviy ta’lim jarayoni xozirgi pandemiya vaqtida ananaviy ta’lim o‘rnini etarli darajada to‘ldirdi

Yakuniy nazorat sinovlariga Kasb ta’limi yo‘nalishi talabalari xam qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Nazoratlarga tayyorgarlik jarayonida e-univer.adti.uz  platformasida ZOOM dasturi orqali tashkil qilingan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar talabalar uchun yana bir qulaylik yaratdi.

Sinovlarga tayyorgarlik jarayoni ma’sullar tomonidan nazorat qilinmoqda. O‘quv yili baxorgi semestri  tugallangan fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat sinovlari e-univer.adti.uz platformasida onlayn test shaklida tashkil etilgan.

Kasb ta’limi yo‘nalishi ma’suli

D.Sh.Xasanov

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!