alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANА BIR ILMIY KENGАSH YIGʼILISHI OʼTKАZILDI

20:02 28.04.2021

Ilmiy kengashlar zalida ilmiy kengash yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda institut rektori M. Madazimov, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov hamda ilmiy kengash xodimlari ishtirok etdilar.

Dastavval soʼzga chiqqan institut rektori hamda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʼtgan videoselektor yigʼilishida yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ularni toʼgaraklarga jalb etish borasidagi topshirigʼiga asosan institutga biriktirilgan mahallar bilan ishlash, uyushmagan yoshlarni toʼgaraklarga jalb etish boʼyicha takliflar bildirdilar. Ijarada yashovchi talabalar bilan alohida shugʼullanish, ularning ham darsdan boʼsh vaqtlarini taʼminlash borasida fakultet dekanlari va ularning oʼrinbosarlariga topshiriqlar berdilar.

Shundan soʼng Ilmiy boʼlim rahbari G.Najmiddinovaning “Institutda desertatsiyalarni bajarilishi holati”, Xoʼjalik ishlari boʼyicha prorektor Z. Mamajonovning “2020-yilda bajarilgan va joriy va mukammal taʼmirlash ishlari”, Kasaba uyushmasi qoʼmitasi rahbari Sh. Dehqonovning “2020-2021-yillar uchun tuzilgan jamoat shartnomasining bajarilishi” kabi maʼruzalari tinglandi. Institut rektori  ilmiy kengash tomonidan amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlarni belgilab berdi.

Shuningdek, tadbir davomida bir qator iqtidorli talabalar taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!