alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANA 31 NAFAR TALABA-QIZLARNING KONTRAKT PULI TOʻLANDI

22:37 25.11.2021

YANA 31 NAFAR TALABA-QIZLARNING KONTRAKT PULI TOʻLANDI

Avval xabar berganimizdek,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Andijon davlat tibbiyot institutida taxsil olayotgan 17 nafar ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan talaba-qizlar, boquvchisini yoʻqotgan ayollarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida kontrakt pullari viloyat hokimligi tomonidan qoplab berilgan edi. Viloyat oliy taʼlim muassasalari ichida birinchilardan boʻlib Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan yana 31 nafar ayol-qizlarning shartnoma pullari toʻlab berildi. Bugun mana shu 31 nafar qizlarga shartnoma pullari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlar rektor M.Madazimov tomonidan topshirildi.

Sertifikat topshirish marosimida qizlarning ota-onalari ham ishtirok etib, qizlar qatori ular ham davlatimiz rahbari va viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirdilar.