YANA BIR HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari 2-Umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash kafedrasi mudiri Z.Salahiddinov Turkiyaning  Hacettepe universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad mazkur universitet bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va kelajakda fan va ta’lim sohasida ularning ilg’or tajribalaridan  foydalanishdan iborat bo’ldi. 9-oktyabr kuni Z.Salahiddinov va universitet rektori professor Doctor A. Haluk O’zen, rektor yordamchisi professor Burkin Sener va sog’liq fakulteti dekani professor Bulent Altinlar   bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda tibbiy ta’lim sohasida aloqalarni  kengaytirish, hamkorlikda ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, tomonlar  akademik  va talabalar almashinuvi hamda masofaviy ta’limni tashkil etish kabi masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.

Uchrashuv davomida Turkiyaning  Hacettepe universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Sevara Rahimova,

ADTI xalqaro hamkorlik bo’limi uslubchsi

215