alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YANGI OʻZBEKISTON STRATEGIYASI” KITOBINING TAQDIMOTI

21:00 03.12.2021

“YANGI OʻZBEKISTON STRATEGIYASI” KITOBINING TAQDIMOTI

Andijon davlat tibbiyot institutida OʻzLiDeP Andijon  viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash boʻlimi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Yoshlar – huquq targʻibotchisi” shiori ostida maʼrifiy-huquqiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi boʻlim mudiri Sh.Bozarov, OʻzLiDeP Andijon  viloyat Kengashi qoshidagi Yoshlar qanoti rahbari U.Qobiljonov va Andijon shaxar Kengashi Yoshlar kanoti raxbari S.Muxtarov hamda institutning professer-oʻqituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” nomli kitobi taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. Unda kitobning mazmun-mohiyati,  kitobda fokr yuritilgan Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida mutaxassislar ma’lumotlar berib o’tdilar..